Raketa 30 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:50da Kanaveral burnidan fazoga kötarildi. 

Perseverance Aeronavtika va kosmosni tadqiq qiliş milliy boşqarmasi (NASA) tomonidan Qizil sayyorani örganiş uçun yuborilgan beşinçi marsoxod hisoblanadi. U dunyodagi eng katta planetoxod bölib, oğirligi 1025 kg, uzunligi 3 metr va eni 2,7 metrga teng. Dasturning qiymati 3 milliard dollarga baholanmoqda.

Marsoxod köplab tadqiqotçilik uskunalariga ega. Unga Mars tuproğidan mikroblar hayotiga oid izlarni qidiriş uçun namuna oladigan burği, robotlaştirilgan qöl, videokameralar, tuproqni ximiyaviy va mineralogik tahlil qiluvçi asboblar, teplovizorli rentgen spektrometr, organik moddalarni izlovçi ultrabinafşa spektrometr örnatilgan.

Marsoxod 2021 yil 18 fevral kuni Yezero krateriga qönişi kutilmoqda. Sputniklardan olingan ma'lumotlarga qaraganda, ötmişda u yerda katta kölga quyiluvçi daryo özani bölgan. Olimlar fikriga köra, bu kraterning qoyalarida hayot izlari saqlanib qolgan bölişi mumkin.

Marsoxod Qizil sayyoradan tuproq namunalarini yiğiş bilan şuğullanadi. Ularni Yevropa kosmik agentligi (YeKA) bilan NASA hamkorligida tuzilgan maxsus komissiya Yerga olib qaytadi. U 2026 yildan keyin Marsga jönatilişi kutilmoqda.

NASA xabariga köra, Perseverance marsoxodida energiyaning yadroviy generatori örnatilgan. Xuddi şunday generator 2012 yildan beri Qizil sayyora yuzasini tadqiq qilayotgan Curiosity marsoxodida ham bor. Taxminga köra, Perseverance Mars sayyorasida 687 kun davomida işlaydi.

Diametri 1,2 metr, oğirligi 1,8 kg bölgan Ingenuity apparati Marsda işlaydigan ilk vertolyot böladi. U havoda 20-30 sekund davomida uçiş xususiyatiga ega. Uning 2ta kamerasi atrofni suratga oliş uçun möljallangan.