"Özstandart" agentligiga vakolatli davlat organlari bilan birgalikda umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boşlab, bolalar öyinçoqlarini standartlaştiriş böyiça normativ hujjatlarni qöllaşda majburiylik xususiyatini bekor qiliş va ixtiyoriy qöllaşni ta'minlaş yuzasidan belgilangan tartibda çoralar köriş topşirildi.
Norma’ning yozişiça, texnik reglament bolalar öyinçoqlari xavfsizligi, bolalar va ularga qarovçi şaxslarning hayotini muhofaza qiliş maqsadida işlab çiqilgan. U bolalar öyinçoqlarini xavfsiz işlab çiqariş hamda sotiş talablarini belgilaydi, şuningdek, bolalar öyinçoqlaridan foydalaniş va ularning xavfsizligi xususida iste'molçilarni çalğituvçi harakatlarning oldini oladi.
Texnik reglamentga ilovada “bolalar öyinçoği” deb qaralmaydigan mahsulotlar, xususan 18 yoşgaça bölgan bolalarga möljallanmagan, kolleksiya uçun töplangan masştabli modellar, arça öyinçoqlari, bolalarning öyin maydonlari jihozlari, sport inventarlari, öyin avtomatlari, pnevmatik qurol va h.k. keltirilgan. Texnik reglament talablari ularga, şuningdek şaxsiy buyurtmalar va körgazma nusxalari sifatida tayyorlangan öyinçoqlarga tatbiq etilmaydi.
Texnik reglamentga quyidagi xavfsizlik turlari böyiça talablar kiritilgan:
yonğin xavfsizligi;
kimyoviy xavfsizlik;
toksikologik-gigiyenik xavfsizlik;
elektr, radiatsion, mikrobiologik xavfsizlik;
qadoqlaşga, tamğalaşga oid xavfsizlik oid xavfsizlik va boşqalar.
Hujjatda xavfsizlikka muvofiqlikni ta'minlaş, muvofiqlikni baholaş va tasdiqlaş çoralari, amalda bölgan, ötiş davrida (ular texnik reglamentga muvofiqlaştirilguniga qadar) bolalar öyinçoqlariga xavfsizlik talablarini tartibga soladigan normativ hujjatlardan foydalaniş tartibi, şuningdek texnik reglament talablariga rioya qiliş böyiça davlat nazoratini amalga oşiriş tartibi bayon etilgan.
Hujjat 24.07.2021 yildan kuçga kiradi.

















