Videoni tasvirga olgan şaxs uşbu holatga «Darband suv kanali portlab ketdi», deya izoh bergan. 

Kun.uz muxbiri vaziyatga aniqlik kiritiş uçun Boysun tuman hokimligi axborot xizmati rahbari bilan boğlandi. U mazkur hodisaga quyidagiça izoh berdi:

«Darband daryosidan ekin maydonlarini suğoriş uçun nasos orqali balandlikka suv çiqarilgan. Elektr toki uzilişi natijasida suv katta bosim bilan ortga qaytgan va quvurni yorib yuborgan.
Voqea bugun, 29 iyul kuni soat 13:54da yuz bergan. Hozirda «Amu-Surxon» irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi tomonidan tuzatiş-ta'mirlaş işlari olib borilmoqda».

https://vk.com/video_ext.php?oid=422902537&id=456239044&hash=a6518613987076d7&hd=2