Bezgakka qarşi dori vositasi – gidroksixloroxinning koronavirusni davolaşdagi foydaliligi yirik tadqiqotlar bilan tasdiqlanmagan. Bu haqda 29 iyulda JSST vakili Maykl Rayan ma'lum qildi, deya xabar bermoqda “Izvestiya”.

Rayanning ta'kidlaşiça, kiçik tadqiqotlarda gidroksixloroxinni qöllaşda muayyan ijobiy samara kuzatilgan bölsa-da, biroq barça yirik tadqiqotlar uşbu dori vositasi qöllanişidan ijobiy natija körsatmagan.

JSST vakilining aytişiça, gidroksixloroxin “koronavirusga çalingan bemorlar holatini yaxşilamagani” haqida ilmiy tasdiğini topgan köplab tibbiy isbotlar bor.

Uşbu vositaning koronavirusga qarşi samarasiz ekanini AQŞning boş infeksionisti Entoni Fauçi ham tasdiqlagan. Şuningdek, AQŞning soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar vazirligi gidroksixloroxinning koronavirusni davolaşdagi xavfidan ogohlantirgan.

Avvalroq Özbekiston Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi bölim boşliği Klara Yodgorova va immunolog-infeksionist Aziza Xöjayeva ham koronavirusni davolaşda “Plakvenil” (gidroksixloroxin) dorisidan foydalanmaslik kerakligini aytgandi. Özbekistondagi sönggi davolaş protokolidan uşbu preparat olib taşlangan.

Gidroksixloroxin bezgakka qarşi dori vositasi bölib, undan ba'zi davlatlarda koronavirusni davolaşda foydalanilgan. Iyunda JSST uşbu vositani koronavirusni davolaşda dori sifatida qöllaşni töxtatişga qaror qilgandi.