Koronavirus xona haroratidagi suvda bölganida 24 soat içida 90 foizga, 72 soatda 99,9 foizga öz kuçini yöqotadi.

RIA Novosti’ga köra, «Rospotrebnadzor» tomonidan koronavirusning suvda yaşovçanligini aniqlaş böyiça tadqiqot ötkazilgan. Ma'lum bölişiça, xlordan xoli bölgan suvda va dengiz suvida virus köpaymaydi, ammo yaşovçanligini saqlab qoladi. Virusning faolligi qança davom etişi suvning haroratiga boğliq.

Suvni qaynatiş undagi virusning töla yöqolişiga olib keladi, xlorlangan suvda esa virus yaşovçanligini yöqotadi.

Avvalroq amerikalik olimlar virusning ultrabinafşa nurlariga ta'sirçanligini örganişgan edi. Tadqiqotga köra, ultrabinafşa nurining 5 mj/sm² dozasida koronavirusning faolligi 6 soniyada 99 foizga qisqarişi, 22 mj/sm² dozada 25 soniyada uning töla yöqolişi aniqlangan.