AQŞ hukumati ikki hafta avval maşhur şaxslar va kompaniyalarning Twitter sahifalarini buzib kirişda gumonlangan uç nafar xakerga nisbatan ayblov e'lon qildi. Bu haqda Kaliforniya va Florida ştatlari prokuraturalari xabar berdi.

Ayblanuvçilarning ikki nafari AQŞ, uçinçisi esa Buyuk Britaniya fuqarosi hisoblanadi.

17 yoşli Grem Ayven Klark, 19 yoşli Meyson Şeppard va 22 yoşli Nima Fazeli elektron tovlamaçilik maqsadida özgalarning kompyuterlariga ruxsatsiz kirişda ayblanmoqda. Ularga 250 ming dollargaça jarima solinişi va 45 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.

17 yoşli Klark Twitter akkauntlarni buzişning "boş taşkilotçisi" deb atalmoqda. U bilan Florida prokuraturasi şuğullanmoqda. Mazkur ştat qonunlari voyaga yetmaganlarga ham moliyaviy jinoyatlarda ayblov e'lon qiliş imkonini beradi.

 16 iyul kuni Twitter ijtimoiy tarmoği boşqaruvi kiberhujum oqibatida 130ga yaqin şaxsiy sahifa buzilganini ma'lum qilgandi.  

 Xakerlar Twitter tarmoğining içki tizimlariga kirib, AQŞ prezidentligiga nomzod Jo Bayden, TV yulduzi Kim Kardaşyan, sobiq prezident Barak Obama, milliarderlar Ilon Mask va Bill Geyts va boşqalarning sahifalariga kiriş imkoniga ega bölişgan. Ular mazkur sahifalarda körsatilgan hisobga bitkoin ötkazgan kişiga yarim soat içida ikki baravar qilib qaytarilişiga doir xabar joylaşgan. Şu tarzda ular 100 ming dollardan ortiq pulga ega bölişgan.