Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov 2020 yilning 27 iyulidan buyon Toşkent şahrida davolanmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Qobul Tursunov ötgan 4 kun davomida malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan Soğliqni saqlaş vazirligi tavsiyalariga muvofiq işlab çiqilgan standartlar asosida davolaş kurslarini ötamoqda.
Navoiy viloyati hokimi töliq davolanib, yaqin kunlarda iş faoliyatini davom ettiradi, deyiladi ma'lumotda.
Şu bilan birga, Navoiy viloyati hokimi aynan qaysi kasallikdan davolanayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq, Buxoro viloyatining sobiq hokimi, hozirda boş vazir örinbosari bölgan Öktam Barnoyev koronavirusga çalinib davolanayotgani, şuningdek, Buxoro viloyatining hozirgi rahbari Karim Kamolovda ham koronavirus aniqlangani xabar qilingandi.
Eslatib ötamiz, şu vaqtgaça Özbekistonning ikki hududi rahbarlari - Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov koronavirusga çalinib, şifoxonaga yotqizilgani haqida xabar qilingandi. Töra Bobolovning soğligi tiklanmoqda, Musa Yerniyazov esa oğir ahvolda va u öpkaning sun'iy ventilyatsiya apparatiga ulangan.
Buxoroning sobiq va hozirgi hokimlari koronavirusga çalingan














