Har qanday dezinfeksiya vositasi koronavirusni öldira oladi, deb ma'lum qildi «Rospotrebnadzor» rahbari Anna Popova. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Istalgan dezinfektant belgilangan konsentratsiyada bu virusning yöq bölişiga olib keladi. Ya'ni biz yuzalarni nima bilan tozalasak ham, muhimi bu dezinfektant bölsa böldi», – dedi Rossiyaning boş davlat sanitariya vraçi.

Popovaning qöşimça qilişiça, yuzalarda koronavirus 48 soatgaça öz faolligini saqlab qolişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonning boş davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov dezinfeksiya tadbirlari haqida söz yuritib, bu çoralarning samaradorligiga şubha qiliş mutlaqo örinsiz ekanini ta'kidlagandi.

«Oçiq joylar, bozorlar, yölaklar dezinfeksiya qilinişidan maqsad – odamlar u yerga tuflagani, kasallik qözğatuvçilarning tuşgani yoki odamlarning qöli bilan uşlagani sababli infeksiya tarqalişiga yöl qöymaslikdir», – degandi Otabekov.