«OVD-info» inson huquqlarini himoya qiliş portaliga köra, Xabarovsk aholisini qöllab-quvvatlab ötkazilgan birdamlik mitinglarida 10dan ortiq şaharda jami 55 kişi hibsga olingan. Şulardan 21 nafari Sankt-Peterburgda va 13 nafari Moskvada.

Moskvada namoyişçilar Novopuşkinskiy xiyoboniga töplangan. Xiyobonni öşa zahoti politsiya va Rosgvardiya xodimlari qurşab olgan hamda namoyişçilarni hibsga ola boşlagan.

Hibsga olinganlardan birining «OVD-info»ga ma'lum qilişiça, unga «yuqori ogohlantiriş rejimi» joriy etilganida özini tutiş qoidalariga rioya qilmaslik moddasi böyiça iş qözğatilgan.

Namoyişçilar Stariy Arbat köçasi böylab yurişga harakat qilgan, ammo politsiya ularning yölini tösib qöygan. Keçki payt faollar Moskva metropolitenidagi  poyezdlardan biriga «Xabarovsk bizga ham keladi» yozuvli plakatni ilib qöyişgan.

Şanba kuni Sankt-Peterburg va Krasnodarda ham Xabarovskdagi namoyişlarni qöllab ötkazilgan birdamlik mitinglari hibsga olişlar bilan yakunlangan.

Sankt-Peterburgda namoyişçilar Neva prospektida şarlar va kabutar ramzi tuşirilgan plakatlarni kötarişgan (Rossiyada bugun «kabutarlarga don taşlaş» Xabarovskdagi namoyişçilarni qöllab-quvvatlaş ramziga aylanib boryapti). Ularning ortidan politsiyaçilarning hibsga oliş maşinasi harakatlangan. Politsiya ovoz kuçaytirgiçda namoyişçilardan tarqalişni talab qilgan.

Namoyişçilar Griboyedov kanalining qirğoğiga burilganda, politsiyaçilar Neva prospektiga boradigan yölni tösib qöyib, ularni hibsga ola boşlagan.

Xabarovskdagi namoyişçilar bilan birdamlik mitinglari Qozon şahrida ham ötkazilgan. «OVD-info»ga köra, u yerda yetti yaşar bolasi bor ayolni ham politsiya bölimiga olib ketişgan. Xabarovskdagi namoyişlarni qöllab ötkazilgan birdamlik mitinglari Rossiyaning Yekaterinburg, Krasnodar, Çelyabinsk, Vladivostok kabi jami 15ta şahrida bölib ötgan.

Şanba kuni Xabarovskda namoyişlar ikki marta bölib ötgan. Yomğir ostida minglab odamlar qatnaşgan birinçi namoyiş peşinda boşlanib, viloyat ma'muriyati binosi oldidagi miting bilan yakunlangan. Ikkinçi namoyiş keçki payt bölib ötgan.