SpaceX kompaniyasining Crew Dragon fazoviy kemasi NASA astronavtlari Duglas Xarli va Robert Benken bilan Meksika körfazida muvaffaqiyatli qöndi.

Qöniş hududida bölgan GO Navigator qidiruv-qutqaruv kemasi fazoviy kemani gidravlik kran yordamida öz bortiga olgaç, uning içidan astronavtlar çiqarib olinadi. Astronavtlar tibbiy körikdan ötkazilgaç, sohilga yetkaziladi.

Bundan avval esa Crew Dragon Xalqaro koinot stansiyasidan 1 avgustda ajralgaç, Yerga qaytiş uçun 19 soatli avtonom parvozni amalga oşirdi.  

Bu AQŞ fazoviy kemasining 1975 yilda “Apollon” kemalari parvozlari dasturi yakunlangandan keyin 45 yil içida birinçi marta suvga qöndirilişi böldi. 

Crew Dragon XKSga 30 may kuni birinçi marta fazogirlar bilan birga uçirilgandi. Bu xususiy kompaniya amalga oşirgan tarixdagi ilk boşqariluvçi fazoviy parvoz bölgan. Şuningdek, AQŞ 2011 yildan keyin birinçi marta şunday parvozni amalga oşirgan. 

Sinov tariqasida amalga oşirilgan parvoz davomida kema XKSga astronavtlar Xarli va Benkenni yetkazgan. Ular rossiyalik fazogirlar Anatoliy Ivanişin va Ivan Vagner hamda yurtdoşlari Kris Kessidi bilan 2 oy davomida XKSda iş olib borgan.

Crew Dragon’ning uşbu parvozi kemaning NASA tomonidan XKSga muntazam boşqariluvçi parvozlarni amalga oşirişi uçun sertifikatlaştirişi oldidan oxirgi yirik sinovi böldi. 2019 yil martida kema koinot stansiyasiga avtonom rejimda sinov parvozini amalga oşirgan edi. 

2011 yildan beri NASA astronavtlari XKSga Rossiyaning “Soyuz” kemalarida yetkazib kelinadi. AQŞ koinot agentligi “Soyuz”dagi har bir örin uçun mömaygina pul tölaydi. Jumladan, may oyida NASA Roskosmos bilan XKSga oktyabrda uçadigan “Soyuz” kemasidagi bir örin uçun 90,2 mln dollar tölaşga kelişib olgan. 

NASA ma'lumotlariga köra, Crew Dragon kemasining XKSga keyingi parvozi sentabr oxirida amalga oşirilişi rejalaştirilgan.