Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan COVID-19 koronavirusini aniqlovçi «Mini 8 Plus Real-Time PSR System» uskunasi va 1400ta test tizimi Qoraqalpoğiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi markaziga beğaraz yordam sifatida topşirildi. Bu haqda «Yangi Özbekiston» naşri ma'lum qildi.
Xabarda aytilişiça, «Mini 8 Plus Real-Time PSR System» Germaniyada işlab çiqarilgan bölib, funksional jihatdan katta – standart apparatlardan farq qilmaydi. PZR (polimer zanjir reaksiyasi) asosida işlovçi mazkur mobil molekulyar uskuna foydalanuvçilar uçun qulay bölgan oddiy interfeys bilan jihozlangan.
Uskuna birdaniga 8ta namunani tekşiriş quvvatiga ega bölib, aksariyat tijoriy reagentlarga mos keladi. Bundan taşqari, tizim avtomatik tarzda tanlangan elektron manzilga ma'lumotlarni yuboriş imkoniyatiga ega. Şu bois laboratoriya xodimlari iş vaqtidan unumli foydalanadi, mijozlar esa zudlik bilan kasallikka çalinganlari yoki çalinmaganliklari töğrisida ma'lumot oladi.
Uskunani sozlaşga ehtiyoj yöqligi, yengil va kiçik hajmli ekani bois uni bemalol laboratoriya içida yoki boşqa joylarga köçirib yuriş mumkin.
Olis hududlarda diagnostika işlarida foydalanişga möljallangan mazkur uskuna avtonom rejimida işlaşga möljallangan bölib, rozetka orqali ham, batareyalar orqali ham işlaydi.
Mazkur qurilma koronavirus va boşqa yuqumli kasalliklarni aniqlaşdan taşqari genotiplaş, ya'ni nasldan naslga ötadigan kasalliklarni topiş, şuningdek, hujayradagi genlarning özgarganlik darajasini tahlil qiliş hamda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini aniqlaş imkonini beradi.
Qöşimça qilinişiça, bu apparat yordamida, masalan, «mol göşti» deb yozilgan qadoqdagi kotletda tovuq göştining bor-yöqligini yoki zararli kimyoviy moddalar işlatilgan-işlatilmaganini biliş ham mumkin.


















