Bugun, 4 avgust kuni Qibray tumani ma'muriy sudida boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev, Qişloq xöjaligi vaziri Jamşid Xöjayev va uning birinçi örinbosari Şuhrat Teşayevlar ustidan Qaşqadaryodagi klaster tomonidan kiritilgan şikoyat arizasi yuzasidan navbatdagi sud protsessi bölib ötdi. Bu haqda sudda iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Jarayonda tomonlarning muzokara nutqi tinglandi. Ahrorbek Eraliyev raisligidagi sudning bu majlisida «Sulton Tex Group» tomonidan kiritilgan ariza yuzasidan deyarli barça tomonlar vakillari qatnaşdi.
Majlisda Vazirlar Mahkamasining agrosanoat majmui vakili Şuhrat Safarov, Qişloq xöjaligi vazirligi qator boşqarmalari mutasaddi xodimlari, Suv xöjaligi vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligida işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş maxsus jamğarmasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Davlat statistika qömitasi, «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi, «Paxtasanoat» AJ, qator tijorat banklari va klaster örnida taşkil etilgan «Silver Viber» agrokooperatsiyasi vakillari iştirok etdi.
Raislik qiluvçi tomonidan iş tafsilotlari böyiça örganişlar olib borildi, savol-javoblar va muhokamalarga imkon berildi. Şu bilan birga, sudya normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilişda asosiy mezon hisoblanuvçi «Ma'muriy tartib-taomillar töğrisida»gi qonunni ham qayd etib ötdi.
Sudda iştirok etgan prokuror keltirilgan dalillar va tomonlarning fikrlarini inobatga olgan holda, arizani qanoatlantirişni söradi.
Da'vogar «Sulton Tex Group» vakili ham suddan şikoyatni qanoatlantirişni söradi.
Işçi guruh rahbari vakili, Qişloq xöjaligi vazirligi vakillari da'voni qanoatlantirişni rad etiş lozim, deb hisoblaşdi.
Şu munosabat bilan, sudga raislik qiluvçi A.Eraliyev 6 avgustga qadar tanaffus e'lon qildi.
Eslatib ötamiz, «Sulton Tex Group» xususiy korxonasining Qarşi tumanidagi paxta töqimaçilik işlab çiqariş klasteri faoliyati boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev tomonidan 2020 yil 8 aprel kuni imzolangan yiğiliş bayoniga asosan tugatilgan.
Keyinçalik, Qarşi tuman ma'muriy sudi tomonidan Qarşi tuman hokimi va hokimlik mansabdor şaxslariga «Sulton Tex Group» xususiy korxonasi klaster faoliyatiga aralaşiş, uning 2020 yil uçun fermerlar bilan tuzgan şartnomasini bekor qiliş yoki özgartirişga urinişi taqiqlab













