Oktyabrda yetkazib beriladigan oltin narxi savdolar vaqtida unsiyasi uçun 2002 dollarga yetgan va avvalgi savdo sessiyasiga nisbatan 1,4 foizga oşgan. Şuningdek, dekabrda yetkazib beriladigan oltin ham 1,4 foizga qimmatlab, narxi 2013,5 dollargaça kötarilgan.

Umuman olganda, qimmatbaho metall yil boşidan beri 25 foizdan köproqqa qimmatlagan. Mutaxassislar buni koronavirus pandemiyasi ortidagi mavhumlik bilan boğlaşmoqda. Oltin inflatsiyadan va valutalarning qadrsizlanişidan himoyalovçi aktiv sifatida baholanmoqda. 

Boşqa qimmatbaho metallar – kumuş, platina va palladiyga ham talab oşgan.

Goldman Sachs tahlilçilari oltin narxi 12 oy içida 2300 dollarga kötarilişini prognoz qilişmoqda. Bunga AQŞda foiz stavkalari pasayotgani va oltinga talab oşişi turtki bermoqda.