Iyun oyida Toşkent şahri hokimligiga qaraşli qariyb 30 gektar yerni doimiy foydalaniş uçun «Akfa» xususiy universitetiga beriş haqidagi prezident qarori loyihasi muhokamaga qöyilgaç, tanqidlarga sabab bölgan edi. Universitet matbuot xizmati bu masalada bayonot bilan çiqdi.
Unda aytilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevralda qabul qilingan «Akfa universitetini taşkil etiş töğrisida»gi 130-sonli qaroriga asosan, universitetga Toşkent şahridagi Şayxontohur tibbiyot kollejining bino va inşootlaridan bepul foydalaniş huquqi berilgan.
«Universitet rahbariyatining ta’sisçilar bilan birgalikdagi tahlil va hisob-kitoblardan söng, taqdim etilgan kollej binosi öquv xonalari va laboratoriyalarni joylaştira olmaydi degan xulosaga kelindi. Şu bilan birga, odatda tibbiyot universitetlari qoşida talabalar amaliyot ötadigan va öz amaliy bilimlarini oşiradigan klinikalar mavjud böladi.
Şu munosabat bilan kollej binosi davlatga qaytarildi. Hozirda kollejning bino va inşootlari boşqa davlat taşkiloti balansiga ötkazilgan.
Qaror loyihasida universitetga Toşkent viloyatida qariyb 29 gektar (29,48 gektar – tahr.) yer uçastkasi taqdim etilişi közda tutilgan. Bu yerda universitet kampusi va 600 örinli zamonaviy klinikaning qurilişi rejalaştirilgan.
Ta’kidlaş joizki, mamlakatda xalqaro universitetlar taşkil etilganda, hukumat universitetlarning kampuslarini taşkil etiş uçun yer uçastkalari, binolar yoki inşootlarni bepul ajratgan. Akfa universitetiga yer uçastkasining berilişi uşbu amaliyotga mos keladi.
Şu bilan birga, universitet ta’sisçisi bölgan «Akfa Medline» MÇJ universitet kampusi va klinikasini quriş uçun kamida 58 million AQŞ dollari ajratişni rejalaştirmoqda. Agar universitet klinikasi jihozlarining doimiy ravişda yangilanib turilişini ham hisobga olsak, investitsiyalar hajmining yanada köproq bölişi kutilmoqda.
Imtiyozlar bilan boğliq vaziyat ham xuddi şunday. Birinçidan, 130-sonli VMQga muvofiq, universitetga taqdim etilayotgan imtiyozlar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 apreldagi «Xususiy soğliqni saqlaş sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-2863-sonli qarori hamda rahbariyat va mamlakat Hukumatining boşqa qarorlari bilan Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan boşqa universitetlarga soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etiş böyiça ilgari berilgan imtiyozlarni takrorlaydi.

















