«Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qöyilgan «Akfa universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori loyihasi kelişiş uçun agentligimizga yuborilmagan. Regulation.gov.uz’da ham hujjat loyihasini tayyorlagan va körib çiqqan vazirlik va idoralar röyxatida ham agentligimiz nomi keltirilmagan.
«Davaktiv» foydalaniş uçun beriladigan har qanday obektlar va yer maydonlari oçiq, şaffof tender asosida sotilişi tarafdoridir», deya agentlik direktorining matbuot kotibi Mömin Ibodovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi «Akfa» universitetiga oid qaror loyihasiga munosabat bildirdi
Agentlik «Akfa» universitetiga ajratilişi közda tutilgan Qibray tumanida joylaşgan, Toşkent şahar hokimligiga qaraşli “Manzarali boğdorçilik va gulçilik” MÇJ balansida bölgan 29,48 ga yer maydonini doimiy foydalanişga ajratib beriş masalasi böyiça ham munosabat bildirdi. Ta'kidlanişiça, mazkur masala “Mas'uliyati çeklangan va qöşimça mas'uliyatli jamiyatlar töğrisida”gi qonunga muvofiq mazkur jamiyatning tegişli boşqaruv organlari tomonidan körib çiqilişi lozim, ya'ni boğni köçiriş uçun MÇJning roziligini oliş tavsiya etiladi.
Ma'lumot uçun, Davlat aktivlarini boşqariş agentligining xususiylaştiriş dasturiga muvofiq “Manzarali boğdorçilik va gulçilik” MÇJ mol-mulki 100 foiz sotuvga qöyilişi rejalaştirilgan.

















