Xöş, Toşkentdagi Akfa universiteti mana şu talablarga qançalik javob beradi? Kun.uz ta’lim sifati va boşqa jarayonlar haqida universitet rektori Bekzod Jalilov va muassasaga xorijdan kelib dars berayotgan qator öqituvçilar bilan suhbatlaşdi.
— Bekzod aka, intervyu avvalida Akfa universiteti va nafaqat Akfa balki Özbekistondagi eng yoş rektor sifatida şaxsan sizni mana şu vazifaga tayinlanişingiz haqida söramoqçiman.
Sizning 1990 yilda Toşkent şahrida tuğilganingiz, Vestminster, INHA kabi universitetlar va Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligida işlaganingizni bilaman. Ayrimlar esa sizni Toşkent şahar hokimi, Özbekistonning eng yirik tadbirkorlaridan biri Jahongir Ortiqxöjayevga ham qarindoşligingiz haqida aytişadi.
Xöş, özingiz yangi va yirik bir xususiy universitet rektorligiga kelişingiz jarayonlarini qanday eslaysiz?

— 2018 yilda prezident Şavkat Mirziyoyev “Akfa medline” tibbiyot markaziga taşrif buyurganida u kişiga şu tibbiyot markazi huzurida universitet oçiş böyiça maslahat berilgan edi. Şundan keyin yangi xususiy universitet taşkil etiş böyiça prezident qarori qabul qilindi.
Öşa paytlarda ta’lim tizimidagi ustozim Kozimjon Hasanov Akfa group’ning ta’lim yönalişida işlab kelardi. Ustozimdan mana şu universitet loyiha rahbari sifatida kimni qöyiş mumkinligi haqida söraşgan. 2011 yilda öqişni bitirgaç, aynan ta’lim sohasidagi qator vazifalarda işlab kelayotganim sababli ustozim bu vazifaga meni tavsiya qilgan.
Öşa vaqtda men “Akfa medline” klinikasining rahbari Kamola Mirzaliyevaning suhbatidan ham ötganman. Mana şu suhbat davomida menga “loyihani oxirigaça yetkazadigan bölsangizgina unga rahbarlik qilasiz va keyinçalik loyiha asosida taşkil etilgan universitetning rektori bölasiz”, – deb şart qöyişgan. Şu bilan 2019 yil universitetning taşkil etilişi böyiça hukumatning tegişli qarori çiqqaç, oldimdagi vazifalarni yaxşi bajarganim uçun ta’sisçi tomonidan rektorlikka tayinlanganman.
— Savolning birinçi qismida bekorga Toşkent şahar hokimini ham tilga olmadim, bu lavozimga ötirişingizda Ortiqxöjayevning ham örni bormi?
— Oçiq aytadigan bölsak, Akfa group’ning 40 mingdan ortiq işçilari va juda köplab korxonalari mavjud. Mening universitetga rektor bölib tayinlanişimda Jahongir Ortiqxöjayev töğridan töğri qatnaşmagan. Çunki şaxsan u kişining suhbatidan ötmaganman. Bu jarayonda bevosita “Akfa medline” rahbariyati qatnaşgan, ular bilan suhbat qilganman va ular meni tayinlaşgan.

















