Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga muhokamaga qöyilgan «Akfa universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori loyihasi ayrim bandlari «Raqobat töğrisida»gi qonun talablariga zid hisoblanadi.

«Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qöyilgan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Akfa universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori (ID-19254) loyihasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan Adliya vazirligida 2019 yil 19 aprelda 3155-son bilan röyxatga olingan Qonun hujjatlarining raqobatga ta'sirini baholaş metodikasi asosida körib çiqilgan.
Qaror loyihasining ayrim bandlari Özbekiston Respublikasi «Raqobat töğrisida»gi qonuni talablariga zid bölgani uçun, loyihani qonun talablariga moslaştiriş maqsadida qömitaning 2020 yil 26 iyundagi 525/02-11-sonli xat bilan vazirlikka tegişli xulosa berilgan», deyiladi qömitaning rasmiy bayonotida.
Ma'lum bölişiça, qömita xulosasida «umumxalq muhokamasiga qöyilgan qaror loyihasining qabul qilinişi oqibatida boşqa xöjalik yurituvçi sub'yektlarga nisbatan afzal holatga qöyadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklar berilişi «Raqobat töğrisida»gi qonunning 12-moddasi, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 8 sentyabrdagi PF-5185-son farmoni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasiga, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 31 maydagi PQ-3756-sonli qarori talablariga zidligini inobatga olib, qarorni mazkur qonunçilik hujjatlari talablariga moslaştirilgandan söng qabul qilinişi maqsadga muvofiq hisoblanişi» ta'kidlangan.
Avvalroq Akfa universiteti faoliyatini qöllab-quvvatlaşga oid qaror loyihasida «Raqobat töğrisida»gi qonun, soliq va yerdan foydalanişga oid qonunlarning qator normalari buzilayotgani jamoatçilik e'tirozlariga
















