«Bu summalar özgargani yöq. Ular davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan. Har bir bemor kafolatlangan davoni, dori-darmonlarni olyapti», dedi Sobirov 6 avgust kungi brifingda.

Aprel oyida mamlakatda koronavirusdan davolanayotgan örta ahvoldagi har bir bemor uçun 32 million söm, jonlantiriş bölimiga yotqizilgan oğir ahvoldagi har bir bemor uçun örtaça 64 million söm sarflanayotgani ma'lum qilingan edi.

Uluğbek Sobirov brifing davomida koykalar masalasiga ham töxtaldi.

«Butun respublika böyiça hozirda yetarli koykalar zaxirasi şakllantirilgan. Toşkent viloyati böyiça aytadigan bölsam, yangi joylar qilingan. 4 ming, 6 mingta koyka bölsa, ularning yarmida bemorlar yotibdi, yarmi böş. Bu stabilizatsiya jarayoni ketayotganidan dalolat beradi.

Şunga qaramay, biz virusni nazoratda tutib turiş uçun har doim niqoblar va ijtimoiy masofa masalasini unutmasligimiz kerak», deya vazir örinbosarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazirlik 4 avgust holatiga bergan yakuniy ma'lumotiga köra, Toşkent viloyatida koronavirus aniqlangan jami fuqarolar soni 3451 nafar ekani, ulardan 2303 nafari tuzalgani, 1134 kişi davolanayotgani ma'lum qilingan.