Tabiiyki, bunday katta hajmdagi işlarni sifatli va öz vaqtida bajarilişida quriliş materiallariga bölgan talab ortib boradi.
Şu bois, uşbu yönalişdagi işlarni töğri yölga qöyiş, yangi turdagi, energiya tejamkor quriliş materiallari işlab çiqariş, sohaga investorlarni keng jalb qiliş orqali yirik loyihalarni amalga oşiriş borasida tizimli işlar amalga oşirib kelinmoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 fevraldagi PQ-4198-sonli va 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli qarorlari bilan quriliş materiallari sanoatini yanada rivojlantiriş istiqbollari va strategiyasini belgilab berildi.
2016 yilda jadal sur'atlar bilan boşlangan işlar bugungi kunda öz mevasini berib, sohada jiddiy özgarişlar va natijalar kuzatilmoqda.

Xususan, sohada faoliyat körsatayotgan korxonalar soni bugungi kunga kelib 10 mingtadan oşdi. Ötgan yillarda 120 turdagi quriliş materiallari işlab çiqarilgan bölsa, bugungi kunga kelib ularning soni 180tadan oşib ketdi.
Misol uçun, bazalt toşidan armatura, gulqoğoz, lenolium, devorbop mahsulotlardan gazobeton va penobeton kabi bir qator yangi quriliş materiallarini işlab çiqariş yölga qöyildi.
Soha böyiça 2016 yilda 6,8 trillion sömlik mahsulotlar işlab çiqarilgan bölsa, 2019 yilda bu körsatkiç 16,8 trillion sömga yetkazildi.

Ta'kidlaş joiz, quriliş materiallarini işlab çiqarişga investitsiyalarni keng jalb qilişga katta e'tibor qaratilib, respublikamizda yaratilgan qulay investitsion muhit tufayli bu borada katta natijalarga erişilmoqda.
Xususan, 2016 yilda sohaga 360 million dollar investitsiya jalb qilingan bölsa, ötgan 2019 yilda uşbu körsatkiç 1,3 milliard dollarga yetkazildi. Uşbu, jalb qilingan investitsiyaning 680,4 million dollari xorijiy investitsiya va kredit liniyalarini taşkil etdi.




















