Internetda in'yeksion va infuzion vositalardan, sodda qilib aytganda, osma ukollardan foydalanib uy şaroitida koronavirusdan davolaniş bilan boğliq çora-tadbirlar böyiça turli mulohazalar paydo bölmoqda. Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev masalaga aniqlik kiritiş maqsadida Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasining boş şifokori, tibbiyot fanlari doktori Muhayyo Asilova bilan suhbat uyuştirdi.

— Vazirlik tomonidan qabul qilinayotgan koronavirusga qarşi kuraş böyiça körsatma va buyruqlar bilan tanişsiz. Qariyb beş oydan buyon tibbiy frontda turib, bemorlarga amaliy yordam berayotgan şifokor sifatida bu tavsiyalar qançalik muhim deya olasiz?
— Juda muhim. Şifokorlarimiz kasallanganlarni iloji boriça tezroq aniqlab, davo çoralarini körişga va kasallikning salbiy oqibatlarini imkon qadar qisqartiriş uçun harakat qilmoqda. Ammo bu harakatlarni har kim har xil talqin qilayotganini körib ranjiydi kişi. Masalan, şu yil 6 avgustda qabul qilingan Soğliqni saqlaş vazirining «Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolaş mezonlarini tartibga soliş va retro-prospektiv tahlil ötkaziş töğrisida»gi buyruği atrofida ham şunday gap-sözlar aylanib yuribdi. Buyruqda xammaga aniq va tuşunarli qilib, in'yeksion va infuzion vositalardan maxsus kasalxonadan boşqa joyda foydalanmaslik, uy şaroitida ularni qöllamaslikka oid tavsiyalar keltirilgan. Masalaning muhimligi şundaki, faqat mutaxassis nazoratisiz davolanişni çeklaş nazarda tutilmoqda, xolos.
— Osma ukollarni uy şaroitida qöllaş şunçalik xavflimi? Bu xavf nimalarda körinadi?
— Kasallik avj olgan paytda organizm a'zolarining faoliyati nisbatan sekinlaşadi. Buning ustiga, issiq kunlarda pasayişi kuzatiladigan buyrak filtratsiyasi jarayonini kasallik yanada sustlaştirib yuboradi. Natijada organizmdagi suyuqlikni taşqariga çiqarişda qiyinçiliklar paydo böladi. Şunday vaziyatda infuzion vositalar orqali vena qon tomirlariga suyuqlik yuborilsa, ular tana hujayralarida yiğilib qoladi. Bu bemorning hayoti uçun katta xavf tuğdiradi. Eng açinarlisi, uy şaroitida davolanganda buning salbiy oqibatlarini bartaraf etiş uçun imkon bölmay qolişi mumkin. Şuning uçun ham, bu muolajalarni butun dunyoda bölgani kabi maxsus şifoxonalarda, bemorning umumiy holati malakali mutaxassislar nazorati ostida bölganda ötkaziş söralmoqda. Bu asosli talab, deya qat'iy aytiş mumkin.















