Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Muhayyo Asilova bilan intervyuda koronavirusga çalingan bemorlarning uy şaroitida davolanişining tartib-taomillari va mexanizmlari töğrisida ma'lumot oldi.
— Koronavirus xastaligining ilk bosqiçlari simptomlarsiz va yengil darajada keçganida bemorga uy şaroitida davolanişga ruxsat beriladi. Xususan, kontaktda bölganlar va kasallikning simptomlarsiz keçişidagi bemorlar turli vitaminlarni qabul qilib, soğlom turmuş tarzi va töğri ovqatlaniş qoidalariga rioya qilib, immun tizimini kuçaytirişi orqali kasallikni yengib ötişi mumkin.
Birinçi navbatda bunday bemorlar oz-ozdan, tez-tez yengil hazm böladigan ovqatlarni iste'mol qilişi zarur. Şuningdek, kuniga 3-4 litrdan ortiq turli suyuqliklarni içiş tavsiya etiladi. Tsink preparatlari bilan birga «Vitamin D3», «Vitamin S» dorilarini qöllaş mumkin. Dori vositalarini qança iste'mol qiliş bemorning yoşi, jismoniy holatidan kelib çiqib belgilanadi. Şuning uçun davolanişni boşlaşdan avval oilaviy poliklinika şifokori bilan maslahatlaşib, kerakli tavsiyalarni oliş lozim.
Kasallikning yengil holatidagi bemorlarning uy şaroitida davolanişi umumiy amaliyot şifokorining doimiy nazorati ostida amalga oşirilişi kerak. Tana harorati 38 darajadan kötarilganda «Paratsetamol» yoki «Ibuprofen» dorilarini içiş tavsiya qilinadi.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, bemorga yengil hazm böladigan ovqatlarni yeyiş hamda kuniga 3-4 litrdan ortiq turli suyuqliklarni içiş samara beradi. Şuningdek, xastalikning bu davrida bemordan yengil jismoniy faollik va nafas maşqlarini bajariş, burun va tomoqni tez-tez çayiş, zarurat paydo bölganida dori vositalarini qöllaş talab etiladi. Ayniqsa, oçiq havoda sayr qiliş bemorning soğligini tiklaşda muhim örin tutadi. Kasallikdan foriğ bölişda ruhiy xotirjamlik, tuşkunlikka tuşmaslikning ham ahamiyati beqiyos.
Şu örinda eslatib ötiş kerak, bemorlarning özboşimçalik bilan davolaniş tartibini özgartirişi yoki mutaxassis tavsiyasiga zid ravişda döstlari yoki boşqa tanişlari gapiga köra qöşimça dori vositalarini qabul qilişi faqatgina salomatligiga zarar keltiradi. Şuning uçun umumiy tavsiyalar va şifokor sözlariga muntazam ravişda rioya qilişni unutmang.

















