Kunlar sovib, havo harorati sezilarli darajada özgarişi aholi orasida turli yuqumli kasalliklar avj olişiga zamin yaratadi. Ulardan biri meningitdir. Xöş, u qanday kasallik? Meningitning kelib çiqiş sabablari nimalardan iborat? SSV matbuot xizmatining uşbu savollariga Respublika virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasi boş şifokori Muhayyo Asilova javob berdi.
— Meningit — öta yuqumli kasallik bölib, boş va orqa miyaning yalliğlanişi hamda umumiy intoksikatsiya belgilari bilan keçadi, — deydi mutaxassis. — Bunda yuqori tana harorati, miya şişişi, boş çanoği içida bosim kötarilişi kuzatilib, orqa miya suyuqligining likvori özgaradi. Aksariyat hollarda kasallikka virus, ba’zida bakteriya, zamburuğlar yoki oddiy mikroorganizmlar ham sababçi böladi.
Hatto, bakteriya va virus birgalikda ham kasallikni keltirib çiqarişi mumkin. Meningit juda tez avj oladi. Agar bemor tana harorati tösatdan kötarilgan vaqt unga öz vaqtida tibbiy yordam körsatilmasa, bu holat ölim bilan tugaydi.
Uşbu kasallik asosan havo harorati özgarişi, ovqat ratsionidagi çeklaşlar va vitamin yetişmasligi sababli kelib çiqadi. Qolaversa, immunitet pastligi, pnevmoniya, faringit, otit, gripp, tuberkulyoz, sifilis, OITS, jigar sirrozi, kuçli stress, nevroz, boş miya çayqalişi, sovuq qotiş, antibiotiklarni palapartiş qabul qiliş hamda kuçli diyeta kabilar ham meningitni çaqirişi mumkin.
Xastalik qözğatuvçisi odamdan odamga yuqqani bois uşbu infeksiyaga faqat odamlar çalinadi. Uning manbayi infeksiyani taşuvçilar hisoblanadi. Bu xastalik yil davomida kuzatilişi mumkin, ammo uni köproq mavsumiy (kuz-qiş va bahor) dard, desak töğri böladi.
Bu virus taşqi muhitga çidamsiz bölib, odam organizmidan taşqarida 30 daqiqadan söng nobud böladi. Mikrob burun, halqum, orqa miya suyuqligi, qon va terida köpayadi. Şu bois unga çalingan bemor infeksiya manbayi hisoblanadi. Meningit istalgan yoşda uçraşi mumkin.
Biroq sönggi yillardagi tahlillarga köra, kasallik 70-80 foiz holatda 14 yoşgaça bölgan bolalarda kuzatilmoqda. U, ayniqsa, bir yoşli öğil-qizlarda oğir keçadi. Çunki ularda immunitet tizimi yaxşi şakllanmagan böladi.
Kasallikka çalingan bemorning tana harorati 40 darajagaça kötariladi. Bemor boş oğrişi, boş aylanişi, tomoq açişişi, yutinişdagi oğriq, burun bitişi, köngil aynişi, qusiş, eşitiş qobiliyati buzilişi kabilardan şikoyat qiladi. Qolaversa, holsizlik, halqum orqa devori şişi, qaltiraş va sudirgi kuzatiladi.
Oğir hollarda huşni yöqotiş, bolalarda talvasalar, kam hollarda esa gallyutsinatsiya yuzaga kelişi mumkin. Barça klinik belgilar 1-2 kun içida kuçayib boradi. Birinçi kun oxiri, ikkinçi kun boşlarida terida toşmalar toşa boşlaydi. Ular bir vaqtning özida terining barça yuzalarida, ayniqsa, oyoqlarda paydo böladi. Ba’zida barmoqlarning uçi, tovon, quloq supralarida ham rivojlanişi mumkin.


















