Kun.uz saytida «Past Darğomda baliqçilar xonavayron bölmoqda. Tuman rahbarlari tadbirkorlarga qasd qilganmi?» sarlavhasi ostida tanqidiy material e'lon qilingan edi.
Unda tuman prokuraturasi protestiga köra, tuman hokimi Ş.Xudoyberdiyev baliqçilikka ixtisoslaşgan «Shombuloq sazan baliqlari» hamda «Anhor suvi» fermer xöjaliklariga ajratib berilgan yer maydonlarini avvalgi tuman hokimi qarorini bekor qilib, tuman zaxirasiga qaytariş böyiça asossiz qaror çiqargani tanqid ostiga olingan edi.

Ma'lumki, Biznes-ombudsmanda tadbirkorlik sub'yektlarining manfaatlarini közlab sudlarga arizalar, da'volar va şikoyatlar bilan murojaat qiliş huquqi mavjud.
«2020 yilning 7 oyi mobaynida Biznes-ombudsman xodimlari tomonidan tadbirkorlar manfaatini közlab sudlarga 277ta ariza, da'vo ariza va şikoyatlar kiritildi.
Sudlar tomonidan mazkur hujjatlarni körib çiqiş natijalariga köra çiqarilgan qarorlarga muvofiq, bu davrda davlat idoralarining 197ta noqonuniy qarori haqiqiy emas deb topildi, tadbirkorlar foydasiga 47 mlrd söm undirilişi belgilandi.
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarisiz insonlar hayotini tasavvur qilib bölmaydi va ularda axborot va söz erkinligi ta'minlanmoqda. Biznes-ombudsman ham barça OAV bilan hamkorlikda tizimli işlamoqda va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilişda amalga oşirilayotgan işlar muntazam ravişda yoritilib bormoqda. OAVda tadbirkorlarni huquqlari buzilgan holatlar yuzasidan çiqarilayotgan maqolalarga tezkorlik bilan çoralar körilmoqda», — deyiladi Biznes ombudsman matbuot xizmatining tahririyatga taqdim etgan ma'lumotnomasida.
Jumladan, Samarqand viloyati, Past Darğom tumanida faoliyat körsatuvçi «SHOMBULOQ SAZAN BALIQLARI» va «ANHOR SUVI» fermer xöjaliklari yer maydonlari tuman hokimligi tomonidan noqonuniy olib qöyilgani böyiça Kun.uz saytida tanqidiy maqola çiqarilgan kunning özida vaziyat Biznes-ombudsman tomonidan nazoratga olindi va tadbirkorni buzilgan huquqlarini tiklaş böyiça tegişli çoralar körila boşlandi.

























