Past Darğomdagi baliqçi fermerlar va ularning yerlarini tortib olmoqçi bölgan tuman hokimi örtasidagi ötgan yilgi kuraşda hokim yutqazgan edi. Natijada hokim Şunqor Xudoyberdiyevning baliqçilar yerini zaxiraga qaytariş töğrisidagi qarorlari bekor bölgandi.

Endi hokim yangiça hiyla öylab topgan körinadi. U balki karantin paytida barçasi xamirdan qil suğurgandek oson bitar, deb öylagandir? Xullas, işlayman degan insonga aslo kömak berilmaydigan, aksinça unga muammo yaratiladigan Past Darğomda yangi mojaro yuzaga keldi.

Kun.uz saytida baliqçilar muammosi avval ham yoritilgandi. Öşanda tumanga yangi tayinlangan hokim Şunqor Xudoyberdiyev «Özbekiston mustaqilligi» massivi hududida baliq yetiştiriş uçun yer ajratib berilgan tadbirkorlar faoliyatiga tösqinlik qilgani, avvalgi hokimlarning ularga yer ajratib beriş töğrisidagi qarorlarini bekor qilgani bayon qilingan edi.

Bir yil muqaddam tuman hokimi buyruği bilan baliq yetiştiriladigan hovuzlarga suv ötkazuvçi quvurlar buzib taşlangan edi. Öşanda baliqlarning katta qismi suvsizlikdan qirilib ketgandi.

087108710781002.jpg (800×499)
20818707802-1.jpg (806×504)

Muammo saytda qayta-qayta yoritilgaç, Samarqand viloyat hokimligi, şaxsan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov baliqçilik xöjaliklari muammosi çuqur örganiş uçun maxsus işçi guruhi taşkil qilib, vaziyatga aralaşgan edi.

Keyinroq, 2019 yil 17 iyunda Samarqand viloyati hokimining Past Darğom tumani hokimining ayrim qarorlarini bekor qiliş töğrisidagi qarori çiqarilgan (Biz bundan hattoki bexabar qolganmiz — bu hol negadir heç qayerda e'lon qilinmadi). Turdimov imzolagan qarorda Şunqor Xudoyberdiyevning baliqçilarga muammo yaratgan qarorlari notöğri ekanligi bayon qilingan. Baliqçilik xöjaliklari bemalol nafas ola boşlaşgan, biroq mavsumni boy berişgan...