Epidemiologik vaziyat yaxşi bölgan mamlakatlardan Özbekistonga kirgan fuqarolar kelganlaridan söng karantinda bölişlari talab etilmaydi. Karantinda saqlaş muddati 7 kunga qisqartiriladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 12 avgustdagi videoselektorda ma'lum qildi.

«Epidemiologik vaziyat yaxşi bölgan davlatlardan kelgan şaxslarni karantinga olmaslik tartibini joriy qiliş kerak.

Virus kamaygan davlatlardan kelganlarni uy karantiniga va virus kamaymagan davlatlardan kelganlarni alohida karantin zonaga oliş kerak.

[Endi] 14 kun emas, 7 kun böladi – hozir mutaxassislar 14 kundan 7 kunga qisqartirsa böladi, deyapti», – dedi davlat rahbari.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda 15 avgustdan boşlab karantin bosqiçma-bosqiç yumşatilmoqda.

Avvalroq Taşqi işlar vazirligi karantin davrida Özbekistonga kiriş va xorijga çiqiş tartibi haqida ma'lumot bergan edi.

Karantinda böliş muddati iyun oyida 14 kundan 10 kunga qisqartirilib, koronavirusga çaliniş holatlari kamaymagan davlatlardan Özbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga özlari istasa karantinni, haqini tölagan holda, mehmonxonada ötkaziş huquqi berilgan edi.