“Sinxua” axborot agentligining xabar berişiça, fojia 9 avgustda harbiylar Varab ştatida aholidan öqotar qurolni yiğib oliş böyiça operatsiya ötkazayotgan vaqtda yuz bergan. 

Operatsiya vaqtida noqonuniy qurol saqlagan va qoçişga uringan yigit uşlangan. Şu vaqtda harbiylar va mahalliy aholi örtasida bahs çiqib, u otişmaga aylanib ketgan. Oqibatda 34 askar va 84 fuqaro halok bölgan. Şuningdek, yaralanganlar bor. 

Armiyaning rasmiy vakili esa otişmada 55 askar halok bölganini ma'lum qilgan. Biroq u aholi orasidan neça kişi halok bölganiga oydinlik kiritmagan.  

Janubiy Sudanda tez-tez elatlararo töqnaşuvlar sodir bölib turadi va mahalliy aholining aksariyat qismi öz xavfsizligini ta'minlaş uçun öqotar qurol saqlaydi. Hukumat aholidan qurolni yiğib oliş böyiça operatsiya ötkazmoqda, biroq köpçilik qurol topşirişni istamayapti.