«T.Bobolov Termiz xalqaro aeroportida viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi örinbosarlari va boşqa mutasaddilar bilan muloqot ötkazib, vohada olib borilayotgan islohotlarni izçil davom ettiriş, koronavirus pandemiyasini jilovlaş, aholi salomatligini muhofaza qiliş, pandemiya şaroitida ijtimoiy-iqtisodiy va boşqa sohalarning barqaror işlaşini ta'minlaş hamda boşqa zarur masalalar xususida atrofliça fikr almaşdi.

Viloyat hokimi yangi ğoyalar bilan öz vazifasini bajarişga kirişdi», deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.

Eslatib ötamiz, Soğliqni saqlaş vazirligi 18 iyul kuni Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov koronavirusga çalingani, u Toşkent şahrida kasallikdan davolanayotgani, ahvoli barqaror ekani haqida xabar bergandi. Ijtimoiy tarmoqlarda Bobolov koronavirusdan vafot etgani haqida xabarlar tarqalgaç, u videomurojaat orqali çiqiş qilib, ahvoli yaxşilanayotganini ma'lum qilgandi.

Ayni vaqtda boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev, Buxoro viloyati hokimi Karim Kamalov va Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov, şuningdek, davlat boş sanitariya inspektori Nurmat Otabekov hozirda COVID-19 infeksiyasidan davolanmoqda.