Pandemiya tufayli yuzaga kelgan murakkab vaziyatda volontyorlar guruhlarining Yagona muvofiqlaştiruvçi markaz, «Xavfsiz yordam» aksiyasi, «Saxovat va kömak» umumxalq harakati, «Sardoba sari saxovat karvoni» kabi xayriya aksiyalaridagi faol iştirokini e'tirof etiş lozim.

2019 yil 2 dekabrdagi «Volontyorlik faoliyati töğrisida»gi qonunning amaliyotga tatbiq etilgani karantin şaroitida dolzarb ahamiyat kasb etdi. Qonunga muvofiq volontyorlik faoliyati – jismoniy va (yoki) yuridik şaxslarning manfaatlarini közlab bepul asosda amalga oşiriladigan, jamoat uçun foydali bölgan ixtiyoriy faoliyat hisoblanadi.

Volontyorlik faoliyatini taşkil etişga qaratilgan fuqarolik taşabbuslarini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş, ya'ni fuqarolarni aholining turmuş sifatini yaxşilaşga qaratilgan turli xil jamoat faoliyatiga jalb etiş mexanizmlarini şakllantiriş muhimdir.

BMTning Volontyorlik dasturi 130ta mamlakatda keng kölamli faoliyat olib bormoqda va 80ta mamlakatda hududiy vakolatxonalariga ega. Uşbu dastur asosida volontyorlar özlarining hamkorlari bilan birga butun dunyo böylab köngillilarni birlaştirib, keng kölamdagi loyiha va dasturlarda qatnaşişi uçun yöl oçib beriş orqali jahonda köngillilik harakatini qöllab-quvvatlaydi.

Volontyorlik faoliyati quyidagi şakllarda amalga oşiriladi:

– yakka tartibdagi volontyorlik faoliyati;

– volontyorlar guruhi tarkibidagi volontyorlik faoliyati;

– volontyorlik taşkiloti orqali volontyorlik faoliyati.

Qonunga muvofiq, 18 yoşga tölgan jismoniy şaxslar volontyorlik faoliyatini amalga oşirişi mumkin. Volontyorlar bu faoliyat bilan oyiga 20 soatdan köproq band bölsa, volontyorlik faoliyatining taşkilotçisi örtasida yozma şaklda tuzilgan şartnoma asosida amalga oşirilişi belgilab qöyilgan.

Rivojlangan davlatlardagi volontyorlar faoliyati modellari

Germaniyada volontyorlikning Vürgerschaftliches Engagement fuqarolar faolligi modeli keng tarqalgan bölib, bu model fuqarolarning barça sohalardagi xatti-harakatlar yiğindisi, ya'ni jamoat taşkilotlarida iştirok etiş, taşabbuskor böliş, ijtimoiy foydali işlar, ijtimoiy xizmatlar körsatişni bildiradi.