Buxoro viloyat hokimligi axborot xizmati viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Karim Kamolov vafot etgani haqida xabarlarni rad etdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Karim Kamolovning vafot etgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu xabarlar heç qanday asosga ega emas.
Karim Kamolov hozirda poytaxtdagi şifoxonada davolanmoqda. Uning salomatligi malakali şifokorlar nazoratida. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari, blogerlardan yolğon xabarlar tarqatmaslikni söraymiz», deyilgan hokimlik bayonotida.
Soğliqni saqlaş vazirligining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Karim Kamolov Toşkenttdagi Akfa Medline klinikasida davolanmoqda.
Ma'lumot uçun, Karim Kamolovda 25 iyul kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filialida davolanişni boşlagandi. 29 iyul kuni esa Kamolov davolaş muolajalarini davom ettiriş uçun Toşkent şahridagi klinikaga köçirib ötkazilgandi.
Karim Kamolov 29 fevraldan buyon Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi sifatida faoliyat körsatmoqda. U boş vazir örinbosarligiga ötkazilgan Öktam Barnoyevning örnini egallagandi.













