Biznes-ombudsman matbuot xizmati tadbirkorlarni tekşiriş davomida qonunçilikka rioya etmaslik holatlari kuzatilayotgani haqida xabar berdi.
«Işbilarmonlik muhitida nazorat qiluvçi organlar qonun talablariga rioya etilişi ustidan nazorat qilib, tadbirkorlar esa belgilangan tartibga rioya etişi kerak. Şuning uçun, faqatgina jamoaviy va samarali muloqot orqali işbilarmon muhitini yaratiş mumkin.
Şu bilan birga, işbilarmonlik muhiti va nazorat qiluvçi organlar örtasida samarali hamkorlik yöqligini, nazorat qiluvçi organlarga nisbatan işonçsizlik borligini tan oliş kerak.
Buning sababi köplab omillar bölişi mumkin, ammo biz köp tarqalganlaridan biri – nazorat qiluvçi organlar xodimlarining noqonuniy harakatlariga töxtalamiz. Tartibga soluvçi qonun xujjatlari haqida yetarli darajada bilim ega emaslik, öz lavozim majburiyatlariga lozim darajada yondaşmaganlik, ba'zida atayin amaldagi qonun xujjatlari talablariga rioya qilmaslik natijasida nazorat qiluvçi organlar xodimlari tadbirkorlarning tinçligini buzişadi. Noqonuniy xarakatlar kimningdir tadbirkorlik faoliyatiga zarar yetkazişiga yoki mas'ul xodimning qonun talablarini buzgani uçun javobgarlikka tortilişiga olib keladi.
Misol uçun, joriy yilning may oyida Zafarobod tuman veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi boşliği Ş.Jumaşev va bir guruh qişloq xöjaligi taşkilotlari xodimlari Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan «Saodat ona» MÇJning faoliyati yuzasidan tekşiruv ötkazişgan.
Tekşiruv Zafarobod tuman hokimining qarori asosida, tumanda yerdan samarasiz foydalaniş holatlariga barham beriş va qişloq xöjaligi yerlaridan foydalanuvçilar mas'uliyatini oşiriş maqsadida ötkazilgan. Mas'ul xodimlar tadbirkor tomonidan qonun talablariga rioya etilişini ta'minlab, ammo özlari tekşiruv ötkaziş tartibiga rioya etişni unutdilar.
Noqonuniy tekşiruvlarning oldini oliş maqsadida 2018 yilda Tekşiruvlarni elektron röyxatga oliş yagona tizimi işga tuşirilgan va uşbu davrdan söng tadbirkorlar faoliyatidagi barça tekşiruvlar nazorat qiluvçi organlar tomonidan uşbu tizimda röyxatga olinişi şart.
Tekşiruvlarni elektron röyxatga oliş yagona tizimida röyxatga olinmagan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida ötkaziladigan tekşiruvlar noqonuniy hisoblanadi.
«Saodat ona» MÇJning faoliyatida tekşiruv ötkazgan mas'ullar mazkur tekşiruv tadbirlarini Tekşiruvlarni elektron röyxatga oliş yagona tizimida röyxatga olmagan va şunga köra ötkazilgan tekşiruv noqonuniy hisoblanadi.
















