"Yaxşi öylangan va rejalaştirilgan dezinformatsiya kampaniyasi". Ukraina prezidenti ofisi  rahbari Andrey Yermak Belarusda Vagner xususiy harbiy kompaniyasi jangarilarining paydo bölişi va qölga olinişiga Ukraina maxsus xizmatlari aloqador ekanligi töğrisidagi xabarga ana şunday izoh berdi.

Yermakning izohi 19 avgust kuni, göyoki Ukraina maxsus xizmatlarining maxsus operatsiyasi töğrisidagi xabar tarqalganidan deyarli ikki hafta ötgaç paydo böldi. Ikki hafta içida uşbu xabar tafsilotlar bilan boyidi. Yermakning bayonotiga e'tibor tasodifiy emas, ayrim ma'lumotlarga köra, aynan prezident ofisidan axborot "sizib çiqişi" maxsus operatsiyaning muvaffaqiyatli amalga oşişi va jangarilarning Ukraina hududida qölga olinişini barbod qilgan.

"Terrorçilar"ning ozod qilinişi: Minsk 180 darajaga özgardi

Belarus hukumati Vagner xususiy harbiy kompaniyasining 33 nafar a'zosi qölga olingani haqida 29 iyulda, mamlakatda prezident saylovi ötkazilişidan bir oz oldin ma'lum qilgandi. Bir qismi ilgari Donbassdagi harbiy harakatlarda qatnaşgan bu şaxslarga nisbatan terakt tayyorlaş böyiça darhol jinoiy iş qözğatildi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko esa yollanma jangçilar "Belarusga maxsus topşiriq bilan kelişgani haqida hamma narsani aytib berişganini" ta'kidladi. 

Foto: DPA

5 avgust kuni Lukaşenko Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotida "vagnerçilar"ni Ukrainaga ekstraditsiya qiliş borasida hamkorlik qilişga va'da berdi, 12 avgust kuni esa Ukraina boş prokuraturasi qölga olingan 33 kişidan 28 nafarini Ukrainaga topşiriş töğrisida Belarusga sörov yölladi. Ukrainaning aniqlaşiça, bu şaxslar "Donetsk va Lugansk oblastlari hududida "LNR" va "DNR" terrorçi taşkilotlari tarkibida jangovar harakatlarda faol iştirok etişgan". Ammo 14 avgust kuni Ukraina uçun kutilmaganda qölga olinganlarning barçasi Rossiyaga topşirilişi haqida ma'lumot paydo böldi. Bu Kiyevning noroziligiga sabab böldi.

Rossiyaning versiyasi – Kiyevning maxsus operatsiyasi

Belarusda "vagnerçilar"ning qölga olinişi Ukraina maxsus xizmatlarining maxsus operatsiyasi natijasi ekanligi haqida birinçi bölib 6 avgust kuni Rossiyaning "Komsomolskaya pravda" naşri yozdi. Naşrning Rossiya maxsus xizmatlaridagi manbalariga tayanib yozişiça, Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) agenti "Vagner" kompaniyasining sobiq jangçilariga Suriya va Venesueladagi neft obektlarida Rossiyaning "Rosneft" kompaniyasi manfaati uçun işlaşni taklif qilgan. Ularni öziga oğdiriş vaqtida özini "Sergey Petroviç" deb taniştirgan UXX agenti sobiq yollanma jangçilardan birinçi navbatda ularning Donbassdagi jangovar tajribasi haqida söragan.