20 avgust kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Afğoniston Taşqi işlar vaziri Hanif Atmar bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Suhbat çoğida Afğoniston Taşqi işlar vazirining Özbekistonga bölajak taşrifining kun tartibi va taşkiliy jihatlari körib çiqilgan.
Muloqot davomida energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
Vazirlar Afğonistonning Balx viloyatida 20 avgust kuni sodir bölgan «Söğdiyona trans» şu'ba korxonasi vakillariga qurolli hujum hodisasini muhokama qilişgan. Afğoniston TIV rahbari mamlakatning vakolatli organlari tomonidan voqea tafsilotlari sinçkovlik bilan tekşirilayotganini va unga aloqador şaxslar javobgarlikka tortilişini ta'kidlagan», deyiladi Özbekiston TIV matbuot xizmati xabarida.
Özbekiston tomoni Afğonistonda faoliyat yuritayotgan Özbekiston kompaniyalari va korxonalari xodimlari uçun xavfsizlik çoralari kuçaytirilişini söragan.
Ma'lumot uçun, «Söğdiyona trans» ŞK 2011 yil dekabrida Özbektemiryölekspeditsia unitar korxonasi («Özbekiston temir yöllari» tuzilmasiga kiradi) qoşida «Hayraton — Mozori-Şarif» temir yölidan foydalaniş va unga xizmat qiliş uçun taşkil etilgan.
















