«Özbekiston temir yöllari» AJ matbuot xizmati Afğonistonning Balx viloyatida «Söğdiyona trans» korxonasi vakillariga uyuştirilgan qurolli hujum böyiça qöşimça tafsilotlarni ma'lum qildi. Qayd etilişiça, uşbu hodisa oqibatida Özbekiston fuqarolari halok bölmagan.

«Korxona işçi-xodimlarini iş joyiga olib ketiş uçun kelgan korxona koordinatsiya bölimi boşliği örinbosari, haydovçi va Afğoniston Içki işlar vazirligining temir yölni qöriqlaş bataloni askari Hayraton işçilar yaşaş bazasidan çiqişgan.

Şundan söng temir yölning taxminan 43-kilometri yaqinida ularga noma'lum şaxslar tomonidan qurolli hujum uyuştirilgan.

Hujum natijasida korxona koordinatsiya bölimi boşliği örinbosari jarohat olgan, ikki nafar Afğoniston fuqarosi (Içki işlar vazirligining temir yölni qöriqlaş bataloni askari va bir nafar hujum qilgan noma'lum şaxs) halok bölgan», deyiladi xabarda.

Hujum vaqtida jarohat olgan korxona koordinatsiya bölimi boşliği örinbosari korxonaga tegişli avtomaşinada Termiz şahridagi kasalxonaga yetkazilgan.

21 avgust soat 7:00dan Hayraton stansiyasi öz işini davom ettiriş uçun oçildi. Mozori-Şarif va Naibobod stansiyalarida oçilişi böyiça işlar olib borilmoqda.

Bundan avvalroq Özbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov Afğoniston TIV rahbari Hanif Atmar bilan telefon orqali muloqoti vaqtida uşbu hodisani muhokama qilgani, Özbekiston tomoni Afğonistonda faoliyat yuritayotgan Özbekiston kompaniyalari va korxonalari xodimlari uçun xavfsizlik çoralari kuçaytirilişini söragani xabar qilingandi.