Financial Times xabariga köra, Lixtenşteyn 2 ming kv.km. hudud böyiça bahs yuritmoqda. Bu karlik davlatning hozirgi maydonidan (160 kv.km.) 12,5 barobar kattadir.
Yerlar 1945 yilda musodara qilingan. Çexiya va Lixtenşteyn bu hududlar böyiça 70 yildan beri bahslaşmoqda. 2009 yilda tomonlar diplomatik munosabatlarni tiklaşgan edi.
«Noqonuniy qaror va uning ijrosi oqibatlari biz uçun hal qilib bölmas masalaga aylangan»,— dedi Lixtenşteyn taşqi işlar vaziri Katrin Eggenberger.
Çexoslovakiyaning uruşdan keyingi konstitutsiyaviy tarkibini ta'minlaşga qaratilgan 143ta dekret prezident Edvard Beneş tomonidan 1940–1945 yillarda imzolangan va 1946 yilda parlament tomonidan ratifikatsiya qilingan.

















