Rossiyaning Rospotrebnadzor mutaxassislari guruhi Özbekistonga koronavirusga qarşi kuraşda yordam beriş uçun keldi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Guruh umumiy hisobda 7 mutaxassisdan iborat bölib, ular orasida epidemiolog, virusolog, infeksionistlar bor. Ular Respublika sanitariya-epidemiologik osoyiştalik Agentligi va uning böysunuvidagi taşkilotlarda iş olib borişadi.
Rossiyalik mutaxassislar 23 avgustdan 5 sentyabrgaça koronavirusga qarşi kuraş böyiça konsultativ yordam beradilar. Ular taşrif davomida Özbekistonda koronavirus tarqalişi bilan boğliq epidemiologik vaziyat bilan tanişişni va koronavirusning diagnostikasida iştirok etuvçi epidemiologik nazorat va laboratoriyalar, koronavirusga çalinganlarni davolaşga ixtisoslaşgan davolaş muassasalari faoliyatini batafsil örganişni rejalaştirişgan.
Rospotrebnadzor delegatsiyasi poytaxt Toşkentdan taşqari, Toşkent, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi tibbiyot muassasalariga taşrif buyuradi. Rossiyalik mutaxassislar tomonidan ilmiy-amaliy tadbirlar, onlayn-konsultatsiyalar ötkaziladi va Rossiyada koronavirusga qarşi kuraşdagi eng yaxşi amaliyotlarni Özbekistonda tatbiq qiliş imkoniyati körib çiqiladi.
Avvalroq, 16 agustda Özbekistonga koronavirusga qarşi kuraşda yordam beriş uçun 40 nafar rossiyalik mutaxassis kelgandi. Guruh tarkibiga şifokor-reanimatologlar, pulmanologlar, infeksionistlar, kardiologlar va endokrinologlar kirgan. Ular bir oy davomida poytaxt va viloyatlardagi şifoxonalarda iş olib borişadi.

















