«Yoşim 33 da. Turmuş qurganimga 11 yil böldi. Töyimizning ertasi kunidan boşlab erim meni mast holatda döpposlardi. Bu turmuşga boşidayoq qarşilik bildirganman. Beş yillik unaştiruv davomida uning fe'lini juda yaxşi bilardim. Ota-onamga noroziligimni aytsam-da, odamlarning gap-sözlaridan qörqib, şu yigitga uzatişdi. Erim noşudligidan ovsinim uyimizdan haydab soldi. Muqim yaşaş joyimiz bölmaganidan keyin beş yil alohida yaşaşga majbur böldik. Men ota uyimda, u esa akasining uyida. Öğlim dadasini tanimay ösdi».

Har bir insonning öz taqdir bitigi bor. Kimgadir baxtli, töqin-soçin hayot nasib etsa, yana kimdir muhtojlikda sinaladi. Ismi sir tutilişini istagan samarqandlik ayolning taqdiri kimlarnidir muşohadaga çorlasa ajabmas.

“Ota-onamni norozi qilmaslik uçungina şu insonga turmuşga çiqdim”

2011 yilda turmuş qurdim. Hayot ostonasiga endi qadam qöyayotgan har bir qiz qalbida qança-qança orzular böladi. Menda esa aksinça. Kelajak hayotim qiyinçilik va muhtojlikda ötişini bilsam-da, özim istamagan inson bilan turmuş qurdim. Unda zarraça könglim bölmagan. Erimning ota-onasi ança yillar oldin vafot etişgan. Töy qilişga puli bölmagani uçun unaştiruvimizdan keyin beş yil ötib ketdi. U bu orada Rossiyada işlab, pul topib keldi. Uning içkilikka berilib ketganini bilardim. Mast holatda heç kimni tanimasdi. Ota-onamga töyni töxtatmoqçiligimni aytganman, lekin dadam qöni-qöşnilar gapidan qörqib, meni fikrimdan qaytargan.

“Töy ham ötdi...”

Şu tariqa amal-taqal qilib töyni ham ötkazdik. Töyning ertasi kunidan azobli kunlarim boşlandi. Erim mast holatda kelib, heç bir sababsiz meni döpposlay ketdi. Bu holat bora-bora odatga aylanib qoldi. Kelin bölib tuşgan xonadonimda men va erimdan taşqari ovsinim va ikki qaynoğam ham yaşardi. Erim menga uylanişidan oldin ham köp içardi. Jigarlari uni bu yöldan qaytariş uçun astoydil harakat qilişmagan. Doim mast bölib, keçalari köçada qolib ketavergani, qöni-qöşnilar oldida ularni izza qilgani uçun ham aka-ukalari uni unçalik xuşlamasdi.

“Qaynopamning zuğumlariga çidaş osonmas edi”

Şaharda qaynopam yaşardi. Bizdan uzoqda bölsayam, biz, kelinlariga azob beraverardi. Uç marta homilamdan ayrildim. Bunga siqiliş, oğir mehnat, töyib ovqatlanmaslik sabab bölgan. Qaynopam buni bilmasdi yoki bilmaganlikka olib, meni kasalmandsan, farzand tuğolmaysan, deb siquvga olardi. Erimniyam menga qarşi qayrardi. Mendan katta ovsinimniyam uyga siğdirmay, boşqa joyga köçirib yubordi. Uyda erim, men va qaynukam qoldik. Qaynukamniyam uylantirdik. Qaynopam menga azob berişda davom etaverdi. Uydan çiqib ket, degan paytlari, ajraştirişgaça uringan holatlari ham bölgan. Köp öylardim: qaynopam nima uçun şundoq ham mört hayotimizni zaharlamoqçi böladi? U özi ham baxsiz edi: eri bilan köp janjallaşardi, hayotidan noroziligi körinib turardi. U bizniyam özi kabi qiynalişimizni istagandir balki.