2019-2022 yil investitsiya dasturiga köra Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq tumanida qamişdan DSP işlab çiqarişga ixtisoslaştirilgan “Möynoq LDSP” MÇJni taşkil etiş investitsiya loyihasi amalga oşirilmoqda. Loyiha qiymati 8 mln dollarni taşkil etadi. Korxona foydalanişga topşirilgaç yiliga 50 ming kub metr DSP işlab çiqariladi. Eng muhimi pandemiya şaroitida 200 ta doimiy va 1500 ta mavsumiy iş örinlari yaratiladi. Korxonani joriy yilda foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. Hozirda quriliş ta'mirlaş işlari davom etmoqda.

 Surxondaryo viloyatida ham qamişdan DSP işlab çiqariş böyiça yirik loyiha amalga oşirilmoqda. Muzrobod tumanida “Surxon KSP-Grand” MÇJ tomonidan yillik quvvati 150 ming kub metr DSP işlab çiqariş yölga qöyiladi. Loyiha qiymati 9,1 mln dollar bölib, bu yerda 200 ta doimiy va 2000 ga yaqin mavsumiy iş örinlari yaratiladi. Hozirda bu yerda uskunalarni örnatiş va quriliş-montaj işlari davom etyapti.

 Ma'lumot uçun, ayni kunda jami yiliga quvvati 120 ming kub metr DSP işlab çiqarişga ixtisoslaşgan 4 ta korxona mavjud. Bular:

- Termiz şahrida “Termiz Ta'minot” MÇJ (yillik quvvati 

30 ming kub metr, qamişdan);

- Sirdaryo tumanida “Fayz” MÇJ QK (30 ming kub metr, ğözapoya, qamiş, boşqa yoğoç qipiqlaridan);

- Özbekiston tumanida “Yaypan vodiy laminati” MÇJ 

(yillik quvvati 10 ming kub metr, terak va boşqa yoğoç qipiqlaridan)

– Navoiy viloyatida “Zhong Tian” XK MÇJ ( yillik quvvati 30 ming kub metr, terak va ğözapoyadan).

“Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi
Matbuot xizmati