Muxlislar qo‘zg‘aldi
Xuan Laporte ketgach «Barselona» rahbariyati juda ko‘p xato qarorlar bilan yodda qoldi. Xususan, klubni jahonning eng kuchli klubiga aylantirgan Gvardiola ketib qoldi. Endi klub tarixidagi eng muhim inson bo‘lgan Messi ketishni istamoqda. Bu esa muxlislarning toqatini toq qildi. Ular klub qarorgohiga borib, Bartomeuning iste'fosini talab qilishdi. Qaysidir klub rahbari bu qadar yerga urilmagan bo‘lsa kerak. Ammo bugungi kunda trendda bo‘lgan bir rahbarga o‘xshab taxtga «yopishib olgan» Bartomeu hali-beri ketmasligini ochiq aytmoqda.
Biroq bu qadar jiddiy qarshilik samarasiz ketishi qiyin masala. Muxlislar klub qarorgohi oldida to‘planib, bir kishining iste'fosini talab qilsa, bu holat mahalliy hokimiyatga ham yoqmasligi aniq. Katta ehtimol, bilan bu holat Bartomeuning iste'fosi bilan tugaydi. Aks holda yagona yo‘l qoladi – Messi ketadi.
#frac1 | 📸 Alguns aficionats i mitjans de comunicació es troben davant les oficines del Barça. pic.twitter.com/ZWJkcPaSOQ
— Espors RAC1 (@EsporsRAC1) August 25, 2020
Kuman obro‘sini yo‘qota boshladi
Hali jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazishni boshlamay turib Ronald Kuman muxlislar nafratiga sabab bo‘lib ulgurdi. Uning Messi bilan uchrashuvi tafsiloti aniq bo‘ldi. Messi hozir qanday holatda ekanini inobatga olsak, suhbat tafsilotlari aniq tarqaganiga ishonish mumkin. Chunki Leo bu qadar qo‘rslikdan keyin kimgadir «yorilishi» aniq. Ma'lum bo‘lishicha, Kuman Messiga jamoada hech kim undan ustun bo‘lolmasligini ochiq aytgan. Tasavvur qilyapsizmi, klub tarixidagi eng muhim insonga bir vaqtlar «Barselona» bilan YeChLni yutgan futbolchi va endilikda murabbiy «Sen hech kim emassan», deganday gap qilgan. O‘z ixtiyorida dunyoning eng zo‘r futbolchisi bo‘lishini xohlamaydigan insonni qanday qilib yaxshi murabbiy deb atash mumkin? Kuman shunday davom etsa, muxlislar uni uzoqqa olib borishmaydi. Agar Messi ketib qolsa, Kuman va Bartomeu masalasining birato‘la «janozasi o‘qiladi».
Kuman Suares, Vidal va Rakitichga ham ularni jamoada ko‘rishni istamayotganini

















