Farmonga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uçun jazoni ijro etiş muassasalarida jazo ötayotgan hamda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat'iy ötgan 113 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan şaxslarning 5 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 53 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi,

15 nafarining ozodlikdan mahrum etiş jazosi yengilroq jazo bilan almaştirildi.

Şuningdek, 40 nafar şaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 1 nafari 60 yoşdan oşgan erkak, 2 nafari çet davlat fuqarolaridir. 113 kişidan 105 nafarini taqiqlangan taşkilotlar iştirokçilari taşkil etadi.

«Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan şaxslarni oilasi va yaqinlari bağriga qaytariş, ijtimoiy hayotga moslaşib, foydali mehnat bilan şuğullanişlari, soğlom turmuş tarzini yölga qöyib, jamiyatda munosib örin topişlari uçun ularga kömak beriş böyiça mas'ul vazirlik va idoralarga tegişli topşiriqlar berildi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib ötamiz, şu yil 5 fevralda 58 nafar, 6 martda 83 nafar, 21 mayda 258 nafar mahkum prezident tomonidan afv etilgan edi.