Belarus prezidentining ta'kidlaşiça, u avtomat kötarib yurgani aks etgan videoroliklar bilan hamyurtlariga öq uzişga tayyorligini aslo körsatmoqçi bölmagan. Uning ta'kidlaşiça, hozirda Belarus uçun taşqi xavf har qaçongidan dolzarb sanaladi.
“Bu [Belarus uçun taşqi xavf] normal holatmi? Siz meni köçalarda avtomat bilan yugurib yurganim va göyoki öz xalqimga öq uzmoqçi bölganim uçun tanqid qilmoqdasiz. Bilib qöying, men xalqimga öq uziş u yoqda tursin, hattoki çorak asr içida biror marta unga qölimni bigiz qilmaganman”, deb aytgan Lukaşenko.
Uning aytişiça, taşqi xavflar ortida mamlakatdagi siyosiy vaziyatni hisobga olib, harbiylarning muayyan zaxirasini uşlab turişga majbur bölmoqda.
Ötgan hafta Belarus ommaviy axborot vositalari Lukaşenko noroziliklar vaqtida 15 yoşli öğli Nikolay hamrohligida harbiy kiyimda, Kalaşnikov avtomati bilan qurollangan holda Minskdagi Mustaqillik saroyiga vertolyotda uçib kelganining bir neçta videosini tarqatgan. Ta'kidlaş joiz, Lukaşenkoning qölidagi avtomat öqlanmagan bölgan, çunki unda öqdon bölmagan.
Şundan keyin muxolifat huquq-tartibot idoralaridan Lukaşenkoning baloğatga yetmagan öğliga qurol berilişiga munosabat bildirişni talab qilgan.


















