Bugun tuşga yaqin Namangandan yölga çiqqan dastlabki yölovçilar elektropoyezdda Andijon temir yöl vokzaliga yetib keldi. Navbatdagi manzil – Marğilon va Qöqon şaharlari bölib, söng yana Namangan şahriga qaytiladi.
Ma'lum qilinişiça, temir yöl xalqasining yangi elektrlaştirilgan qismi uzunligi 100,6 km.ni taşkil etadi, liniyaning umumiy masofasi esa 331,6 km. Mazkur temir yöllarni töliq elektrlaştiriş orqali yuk va yölovçi taşiş sifatini oşiriş, tezyurar poyezdlar qatnovini şakllantiriş hamda dizel yoqilğisida harakatlanayotgan teplovozlar örnini zamonaviy elektrovozlarga almaştiriş maqsad qilingan.

Teplovozlardan foydalaniş davri ötdi, deydi «Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruv raisi Husniddin Hosilov.
«Endi butun vodiy böylab elektrovozda harakatlanamiz. Örtada heç qanday teplovoz bölmaydi. Teplovozlar özidan tutun çiqarar edi, atmosferani buzardi. Qolaversa, iqtisodiy xarajatlari ham köp edi. Mana, endi elektrovozlar qatnay boşladi.
Vodiy relefi toğli. Bu yerdan elektrovoz bilan yuriş ham qulay, ham ekologik va iqtisodiy jihatdan foydali. Vodiy temir yöli töliq elektrlaştirildi. Endi elektrovozda Namangandan çiqib, 5 soat-u 20 daqiqada Andijon, Marğilon, Qöqonni aylanib, yana Namanganga qaytib keliş mumkin böladi», – dedi Husniddin Hosilov.

Temir yöl xalqasini elektrlaştiriş işlari 3 bosiqiçda amalga oşirildi. Birinçi bosqiç Pop şahridan boşlanib, Qöqon, Marğilon, Asaka hamda Andijon hududlarigaça bölgan yönalişlarda amalga oşirildi. Uşbu uçastkaning uzunligi 186 kilometrni taşkil etib, 2016 yilda foydalanişga topşirilgan.

Ikkinçi bosqiç 2019 yilda, uzunligi 45 kilometr bölgan Pop – Çust – Töraqörğon – Rauston – Namangan oraliğida bajarilgan. Sönggi uçinçi bosqiç esa Namangan – Andijon uçastkasini töliq elektrlaştiriş bilan yakunlandi.
















