Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining “Içki audit xizmati xodimlarini sertifikatlaş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirilgan. Qaror loyihasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan.
Korporativ boşqaruv jarayonida samarali içki nazorat tizimini taşkil qiliş va yuqori malakali içki auditorlarni tayyorlaş maqsadida “Içki audit xizmati xodimlarini sertifikatlaş tartibi töğrisidagi nizom”ni tasdiqlaş va 2021 yil 1 yanvardan boşlab amalga kiritiş rejalaştirilmoqda.
Norma’ning yozişiça, qaror bilan:
- içki auditor sertifikatini dastlab 5 yillik muddatga beriş, navbatdagi muddatini 10 yilga uzaytiriş va undan keyin muddatsiz davrga beriş;
- xalqaro sertifikati mavjud bölganda içki auditor sertifikatini berişni va amal qiliş muddatini uzaytirişni, şuningdek, 10 yildan kam bölmagan uzluksiz içki auditor iş staji mavjud içki auditor sertifikatining amal qilişini muddatsiz davrga uzaytirişni malaka imtihonini topşirmasdan amalga oşiriş;
- «buxgalteriya hisobi» va «audit» mutaxassisliklari böyiça magistr diplomiga ega bölgan içki auditor sertifikatini olişga talabgorlar uçun iş staji talabini örnatmaslik nazarda tutilmoqda.
Nizom içki auditor sertifikatini beriş, amal qilişini uzaytiriş, tugatiş, qayta rasmiylaştiriş va dublikatini beriş tartibini belgilaydi.
Sertifikat egasi har yili malaka oşiriş kurslaridan ötadi.
Nizom talabgorlarga malaka imtihonini topşiriş yuzasidan qöyiladigan talablarni, içki auditor sertifikatini oliş uçun hujjatlar röyxatini, imtihon ötkaziş, sertifikatni rasmiylaştiriş tartibi va boşqalarni reglamentlaydi.
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.
















