Prezident “Özbekiston Respublikasida pillaçilik va qorakölçilikni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
2021 yil 1 iyulga qadar respublikaning yaylovlarga ega barça hududlarida ozuqa bazasini yaratgan holda mayda şoxli nasldor mollarni köpaytiriş, şuningdek, mol söyiş, teri va junni qayta işlaş, göşt-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar işlab çiqariş korxonalarini taşkil qiliş böyiça qorakölçilik klasterlari taşkil qilinadi;
klasterlarga qoraköl zotli qöylarini boqişga möljallangan, şu jumladan, örmon bilan qoplanmagan örmon fondi yerlaridan yaylovlar ijaraga beriladi;
klasterlarga yaylovlardan samarali foydalaniş, ularning holati yomonlaşib ketişiga yöl qöymaslik, ilmiy va innovatsion yondaşuvlarni qöllagan holda mayda şoxli nasldor mollarni köpaytiriş, klaster iştirokçilari örtasida kooperatsiya aloqalarini yölga qöyiş orqali xomaşyoni çuqur qayta işlaşni va mahsulot işlab çiqarişni taşkillaştiriş böyiça majburiyatlar yuklanadi;
klasterlar Qorakölçilik va çöl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro çöl-yaylov ozuqabop ösimliklar uruğçiligi ilmiy-işlab çiqariş markazi bilan yaqindan hamkorlik qiladi;
2021 yil 1 yanvardan boşlab klasterlarga hududlarda şaxtali va tik quduqlar, şuningdek, suv tortiş uçun nasos stansiyalarini yangidan quriş va rekonstruksiya qilişga Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 yanvardagi “Pillaçilik tarmoğida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ–4567-son qarori 2-bandida nazarda tutilgan 120 million sömgaça miqdorda subsidiyalar beriş tartibi qöllaniladi;
Respublika “Qorakölçilik” uyuşmasi a'zolari – klaster iştirokçilariga mayda şoxli nasldor mol xarid qiliş va köpaytiriş, şuningdek, mol söyiş, ozuqa bazasini yaratiş, yarim tayyor va tayyor, şu jumladan, göşt-sut mahsulotlari işlab çiqariş, teri va junni qayta işlaş hamda binolarni rekonstruksiya qiliş va işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiyalaş loyihalarini moliyalaştiriş uçun 2020-2023 yillarda ajratiladigan bank kreditlari böyiça foiz xarajatlarini qoplaşga, loyihalar hajmi, soni va ularni amalga oşiriş uçun zarur bölgan valuta turidan qat'i nazar, tijorat banklari tomonidan örnatilgan foiz stavkasining 50 foizi, biroq 10 foizlik punktidan köp bölmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan kompensatsiyalar beriladi;
Uyuşma a'zolariga qöl mehnati uçun uskunalar xarid qiliş böyiça xarajatlarni qoplaş uçun kamida bitta iş örni yaratiş şarti bilan Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasi mablağlari hisobidan bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.












