5 sentyabrdan boşlab umumiy ovqatlaniş obektlari (restoran, kafe, oşxona, çoyxona) faoliyatiga ruxsat berildi. Bunda uşbu obektlar quyidagi sanitari talablariga rioya etişi talab etiladi:
- banketlar va boşqa ommaviy tadbirlarni ötkazişga yöl qöymaslik;
- stollar oraliğidagi 2 metrdan kam bölmagan ijtimoiy masofani ta'minlaş;
- bir stol atrofida 4 kişidan köp bölmagan (oila a'zolari bundan mustasno) mijozlarni joylaştiriş;
- xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qölqopda bölişi;
- har bir mijozdan keyin stol va boşqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalaş;
- bino va xonalarga, şuningdek, havo aylantiriş tizimiga zararsizlantiriş anjomlarini (ultrabinafşa lampalar va b.) örnatiş.
Şuningdek, tomoşa va madaniy-köngiloçar obektlar (faqatgina teatr va kinoteatr) faoliyatiga ruxsat berildi. Bunda uşbu obektlar ayrim sanitari talablariga rioya etişi talab etiladi:
- obektning havo aylantiriş tizimiga zararsizlantiriş anjomlarini (ultrabinafşa lampalar va b.) örnatiş;
- taşrif buyuruvçilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylaştiriş hamda tibbiy niqobda böliş (zarur hollarda tadbir 2 soatdan ziyod davom etganda niqobni bepul almaştiriş);
- obektlarning kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, dezinfeksion “töşaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlaş, ularga kirişda har bir taşrif buyuruvçilarning tana haroratini ölçab, 37°C va undan yuqori bölgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bölgan holatda kiritmaslik;
- har bir seansdan keyin örindiq va boşqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalaş;
- xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qölqopda bölişi.
Parklar va istirohat boğlaridagi attraksionlar faoliyati ham tiklanmoqda. Uşbu obektlar ham qator sanitariya qoidalariga rioya etişi talab etiladi:
- taşrif buyuruvçilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda navbatda turişini ta'minlaş;
- attraksionlarning yuza qismini har soatda yoki har bir foydalangandan söng dezinfeksion vositalar bilan tozalaş;
- attraksiondan foydalanişda ijtimoiy masofani saqlaş;


















