IIV abituriyentlarga qay holatlarda imtihondan çetlatilişi mumkinligini yana bir bor eslatdi.

Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga öqişga qabul qiliş uçun kiriş test sinovlarini ötkaziş tartibi töğrisidagi” nizomda test topşiriş tartib-qoidalari belgilangan. 

Hujjatga köra, abituriyent test sinovlari ötkaziladigan hududga yoki binoga kirişda mikrokalkulyator, luğat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boşqa vositalar, şpargalkalar olib kirişga harakat qilsa, olib kirgan bölsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa, u imtihondan çetlaştiriladi.

Şuningdek, test materiallarini boşqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, ularni binodan taşqariga olib çiqsa, test topşiriqlari kitobi varağini yirsa yoki test sinovlari uçun ajratilgan vaqt tugaganidan söng test materiallarini topşirişdan boş torsa, jarayonda videokuzatuv orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa ham, testdan çetlaştirilişi va uning natijasi çiqarilmasligi mumkin.

Eslatib ötamiz, imtihonning birinçi kuni 59 nafar abituriyent, ikkinçi kuni esa 115 nafar abituriyent imtihondan çetlatilgan.