Ma'lum qilinişiça, 3 sentabr kuni 65ta obektda test sinovlari 1-smenada soat 08:00 da boşlanib, 11:00 da, 2-smena esa soat 17:00da boşlanib, 20:00da tugagan. Faqat Namangan viloyatida ob-havo tufayli 2-smena imtihoni soat 18:30da boşlanib, 21:30da tugagan.

«Test sinovlarida bir kunda iştirok etişi rejalaştirilgan 117 ming 919 nafar abituriyentdan 112 ming 103 nafari, ya'ni 95,1 foizi qatnaşdi, 5 ming 695 nafar abituriyent testga kelmagan. 6 nafar abituriyentning tana harorati 37 darajadan yuqori bölgani sababli, ularga ruxsat berilmadi.

40 nafar abituriyent hududga kiriş joyida imtihondan çetlatilgan. Ularning 28 nafari telefon, 3 nafari şpargalka olib kirişga harakat qilgan, 9 nafari boşqa abituriyent örniga kirmoqçi bölgan.

75 nafar abituriyent esa imtihon jarayonida testdan çetlatilgan. Bu abituriyentlarning 62 nafari telefon va elektron qurilmalar, 7 nafari şpargalkadan foydalanişga harakat qilgani uçun, 4 nafari esa test materiallarini olib çiqib ketişga harakat qilgani, 2 nafari boşqa şaxsning örniga kirgani uçun çetlatilgan.

Qöşimça qilinişiça, Namangan, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida boşqa abituriyent örniga kirmoqçi bölgan 6 nafar soxta abituriyent jarayondan çetlatilib, ularga Içki işlar vazirligi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda çoralar körilgan.