Bugun, 9 sentabr kuni Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi.

Unda Andijon viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirok etdi va ma'ruza qildi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, sessiyada taşkiliy masala körib çiqilgan va Andijon viloyati hokimi örinbosari - Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği lavozimiga Şokirjon Mamajonoviç Boltaboyev tayinlangan.

Şokirjon Boltaboyev 1967 yilda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tuğilgan. 1991 yilda Toşkent xalq qişloq xöjaligi institutini tamomlagan. Ma'lumoti böyiça ixtisosligi – iqtisodçi.

2018 yil iyunidan buyon Andijon viloyat kasaba uyuşmalari taşkilotlari Birlaşmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

U yangi lavozimda sentabr oyi boşida işdan olingan Manzura Yunusova örnini egalladi.

Bugun kun davomida Andijon viloyatining uç tumaniga yangi rahbarlar tayinlangandi – Jalaquduq IIB boşliği Mansurbek Alixanov Asaka tumani hokimi lavozimida, Andijon viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Zohidjon Ahmadaliyev Xöjaobod tumani hokimi lavozimida, Hikmatullo Latipov Jalaquduq tumani hokimi lavozimida iş boşladi.