Köpçilikning diqqat markazida bölib turgan «Avto 60 oy» işi böyiça sud jarayonlari bölib ötayotgani haqida ma'lumot berilgandi. Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining xabar berişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardan (Toşkent viloyatidan taşqari) bölgan jabrlanuvçilarga qulaylik yaratiş maqsadida keyingi sud majlislari respublika böylab hududlarda ötkaziladi.

Ma'lumot uçun, bugunga qadar sud majlisida 1 809 nafar jabrlanuvçilar söroq qilingan.
Andijon viloyatida yaşovçi jabrlanuvçilar uçun sud jarayonlari şu yil 14-19 sentabr kunlari (duşanbadan şanbaga qadar) soat 09:00dan 17:00gaça jinoyat işlari böyiça Andijon viloyat sudi binosida (Andijon viloyati, Andijon şahri, Navoiy şoh köçasi, 15-uy) bölib ötişi ma'lum qilingan.
Sud majlisi bölib ötadigan vaqt va joy töğrisida JIB Çilonzor tuman sudining telegram kanali orqali xabar berib boriladi.
Eslatib ötamiz, tergov hujjatlariga köra, «Avto 60 oy» MÇJ ta'sisçisi va boşqa mansabdorlari foizsiz, pulini 5 yil davomida bölib-bölib tölaş şarti bilan avtotransport olib berişni va'da qilib, odamlardan avtomobil turiga qarab 2 mln sömdan 10 mln sömgaça pul olgan, biroq zimmalaridagi majburiyatni töliq bajarmagan.
MÇJga 18 818 nafar mijoz 57 milliard 412 million söm tölov qilgani aniqlangan.
















