14 sentyabrdan boşlab respublika umumta'lim maktablarida 2020/2021 öquv yili boşlanadi. Bunda onlayn maktab orqali barça sinflarning darslari berib borilişi yölga qöyilsa, an'anaviy şakldagi maktablar bosqiçma-bosqiç vaziyatga qarab faoliyatini tiklaydi.
Maktablarning an'anaviy şaklda oçilişi töğrisidagi qarorlar har bir maktab böyiça individual tarzda ularning haqiqiy tayyorgarligi, hududdagi yoxud maktabdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat, öqituvçilar orasida koronavirus kasalligining qayd etilişi hamda soğliqni saqlaş tizimi xulosalariga muvofiq faqatgina mahalliy kengaş deputatlari ruxsatidan söng qabul qilinadi, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi.
Ta'kidlanişiça, respublikadagi barça maktablar yuqorida sanab ötilgan holatlardan kelib çiqib bosqiçma-bosqiç oçilişi közda tutilgan. An'anaviy şaklda faoliyatini boşlagan maktablar töğrisidagi ma'lumot, doimiy ravişda ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlar orqali viloyat va tuman xalq ta'limi bölimlari tomonidan e'lon qilib boriladi.
«Eslatib ötamiz, an'anaviy şaklda faoliyatini tiklagan maktablarning öquvçilari maktabga borişi yoki uyda qolib ta'lim olişi faqatgina ota-onalar tomonidan belgilanişi zarur. Maktab ma'muriyati tomonidan öquvçilarni an'anaviy şaklga jalb qiliş va ota-onaga bosim ötkaziş taqiqlangan.
Öz navbatida, farzandini maktabga yubormagan ota-ona farzandini masofaviy ta'lim olişini nazorat qilişi söraladi», - deyiladi vazirlik ma'lumotida.
Avvalroq, 1-sinf öquvçilariga «Prezident sovğasi» 14 sentabr kuni topşirilişi xabar qilingandi.

















