Joriy yilning 15 sentabr kuni soat 06:30larda, Farğona viloyati Uçköprik tumani, Jalayer MFY hududidan ötgan A-373B avtomobil yölining 35-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1997 yilda tuğilgan, haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan S.Ş. “Vaz-21063” rusumli avtomobilda me'yoriy hujjatlarsiz harakatlanayotib, boşqaruv vaqtida uxlab qolişi oqibatida, yölning çap tomon çetida töxtab turgan piyoda, 1976 yilda tuğilgan D.Ş.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda, 44 yoşli D.Ş. oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Uçköprik tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barça haydovçilardan çarçoq holatida transport vositasini boşqarmasliklarini, ota-onalar haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan farzandlariga transport vositasini boşqariş uçun bermasliklarini sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.